Ouen Xargrivz: Brunu Fernandesh ikkinchi bo'limda ajoyib o'yin ko'rsatdi
Ouen Xargrivz Brunu Fernandeshning ikkinchi bo'limdagi o'yini va Maykl Kerrikning ta'siri haqida fikr bildirdi.
Ouen Xargrivz:
Brunu Fernandesh ikkinchi bo'limda ajoyib o'yin ko'rsatdi. O'yinning birinchi yarmida Manchester Yunayted unchalik yaxshi ko'rinmadi, ammo o'sha xato go'yo darvoza eshiklarini ochib yuborgandek bo'ldi va Brunu uchrashuvning asosiy yulduziga aylandi.
Maykl Kerrik tanaffusda futbolchilarga nima deganini bilmayman, lekin ikkinchi bo'limda ular to'liq ustunlik qilishdi.