#Paju Frontier FC — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Neftchi va Paju Frontier FC o'rtasida hamkorlik o'rnatildi

Neftchi va Paju Frontier FC o'rtasida hamkorlik o'rnatildi

Farg‘onaning Neftchi va Koreyaning Paju Frontier FC klublari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Neftchi va Koreyaning Paju Frontier FC futbol klubi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Paju milliy futbol markazida Farg‘onaning Neftchi hamda Koreyaning Paju Frontier FC futbol klublari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov futbol shunchaki sport turi emas, balki millionlab insonlarni bir maqsad atrofida birlashtiradigan, ularga zavq va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydigan, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydigan muhim vosita ekanini ta’kidladi.

Ayniqsa, Koreya Respublikasida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan farg‘onalik hamda vodiylik yoshlarning birlashib, Neftchi Koreya futbol jamoasini shakllantirgani va mahalliy musobaqalarda munosib ishtirok etayotgani yuqori baholandi.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.