Paolo Kondo: «Inter» «Komo»ga qarshi o'yinda yangicha qiyofada namoyon bo'ldi
Paolo Kondo «Inter»ning «Komo»ga qarshi o'yindagi taktik o'zgarishlari va murabbiy Kivu tomonidan qo'llanilgan yangi o'yin modeli haqida fikr bildirdi.
Paolo Kondo: «Komo» bilan o'yinda Kivu «Inter» uchun ideal libos tikdi. Murabbiy jamoaning yangi versiyasini tayyorlagani dastlabki tarkib e'lon qilingan paytdayoq sezildi: Bissek o'rniga Akanji, Bastoni esa hujumlarni boshlab beruvchi markaziy himoyachi rolida.
Himoya chizig'i o'rtacha 49 metrdan pastroqda joylashdi. Kivu jamoani yaxlit va tartibli qilib, o'yinning yanada ixcham modelini qurdi.