Liverpulga yangi investorlar yaqinlashmoqda
Liverpul klubi ulushini sotib olishi kutilayotgan investorlar konsorsiumi va Amit Bxatiya haqida Pol Joys ma'lumot berdi.
Liverpul muxlislariga yoqadimi yoki yo'qmi, klub ulushini investorlar konsorsiumi tomonidan sotib olish jarayoni tobora yaqinlashmoqda. Pol Joys Amit Bxatiya kim ekani va yangi investorlar kelganidan keyingi istiqbollar haqida ma'lumot berdi:
🛑 Bitimga rahbarlik qilayotgan britaniyalik-hindistonlik tadbirkor Jeff Bezos kabi mashhur bo'lmasa-da, aynan u ingliz futbolida tajriba va ko'nikmaga ega.
🛑 Bxatiya o'zining sobiq klubi KPR tizimida ko'p ishlagan, ayniqsa muxlislar bilan aloqalari juda kuchli bo'lgan. U maslahat kengashi va fan-guruhlar bilan ishlashda faol qatnashgan, shuningdek, QPR in the Community Trust xayriya jamg'armasi raisi bo'lgan. Aynan shu aloqalar tufayli u muxlislar bilan muloqot muhimligini tushunib yetgan — manbalardan biri uni shunday ta'riflagan:
U futbolda, xususan, ingliz futbolida jiddiy bazaga ega. Shuningdek, ingliz futboli muxlislari o'z klublarini qanday ko'rishi va ulardan nima kutishini yaxshi tushunadi.
Muxlislarning o'zlari maydondagi unchalik yorqin bo'lmagan natijalarga qaramay, uning klubdagi faoliyati haqida ijobiy fikrda.
🛑 Aynan Bxatiya FSG ozchilik ulushiga ega hamkorlikni yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan shaxs hisoblanadi.
🛑 Investorlar roliga kelsak, ularning qiziqishi qisqa muddatda klubdan daromad olish emas, balki Liverpulni biznes sifatida yanada rivojlantirishdan iborat — xuddi FSG barcha yillar davomida amalga oshirganidek.
🛑 Shu bilan birga, Bxatiya klubga Hindiston va Osiyo bozorlaridagi aloqalar va ekspertizani olib kirishi mumkin. Saverinda Janubiy Amerikada shunga o'xshash kontaktlar bor, Bezosning aloqalari esa Liverpulning AQShdagi eng yirik Premer-liga klubi ekanligi va bu bozordagi ta'sirini kengaytira olishi haqidagi ishonch bilan birga keladi.
🛑 GWI tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, Liverpulning AQShda 26 million muxlisi bor va bu mamlakatdagi fan-baza Premer-liganing barcha klublari orasida eng tez o'sayotgani hisoblanadi.
🛑 Premer-liga va UYEFAning xarajatlar aylanmaga bog'liq bo'lgan moliyaviy qoidalarini hisobga olsak, konsorsiumning moliyaviy qudrati yangi tijoriy imkoniyatlarni ochish qobiliyati kabi muhim emas. Aynan shu narsa o'sish salohiyatini belgilaydi — tijoriy hamkorlikdan tushadigan yillik daromadning oshishi hisobiga Liverpul jamoaga ko'proq mablag' sarflash imkoniyatiga ega bo'ladi.
🛑 Bunday bitimlarga Apple kompaniyasining Real klubi bilan Infinite Bernabeu VR-loyihasi doirasidagi hamkorligini misol qilib keltirish mumkin. Kelajakda Amazon bilan ham shunga o'xshash narsani tasavvur qilish mumkin.