Arsenal Junior Krupini nishonga olgan
Afrikalik jurnalist Rahman Osmanning xabar berishicha, «Arsenal» «Bornmut» hujumchisi Junior Krupini transfer qilishni ko'rib chiqmoqda.
Afrikalik jurnalist Rahman Osman xabariga ko'ra, «Arsenal» «Bornmut» futbolchisi Junior Krupini yozgi transfer oynasidagi asosiy nishonlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.
«Arsenal» tarkibni yana bir hujumchi bilan kuchaytirishdan manfaatdor bo'lib qolmoqda.
Jurnalistning ta'kidlashicha, futbolchining atrofidagilar yozgi transfer oynasi vaqtida u boshqa klubga o'tishiga qat'iy ishonishgan, ammo bunga jarohat xalaqit bergan.