Real Madridda Peresning kelajagi borasida xavotirlar paydo bo'ldi
Real Madrid prezidenti Peresning kelajagi borasida klub ichida shubhalar paydo bo'ldi. Mourinyu bilan kelishmovchiliklar va yangi nomzod masalasi muhokamada.
Kataloniya OAV xabariga ko'ra, "Madrid"da Peres atrofidagi vaziyat sabab asabiylashish kuchaymoqda. Xususan, prezident 2030-yilgacha qayta saylanganidan atigi ikki yarim oy o'tib, klubda uning yangi muddatni to'liq yakunlay olishiga nisbatan shubhalar paydo bo'ldi.
Peres allaqachon charchoq alomatlarini ko'rsatmoqda va avvallari unga xos bo'lmagan qarorlarni qabul qilmoqda. Masalan, ba'zi manbalar 79 yoshli funksioner va Mourinyu o'rtasida jamoaning mavsum startidagi muvaffaqiyatsiz natijalari fonida dastlabki kelishmovchiliklar yuzaga kelganini da'vo qilmoqda.
Shu sababli "Madrid"da Peresning ehtimoliy vorisi haqida o'ylay boshlashdi. Biroq shu bilan birga, "qaymoqranglilar" rahbariyati klubning navbatdagi prezidenti Rikelme bo'lishi mumkinligidan xavotirda.