Ilan Kebbal Jazoir terma jamoasida o'ynash hissi haqida gapirdi
Paris FC yarim himoyachisi Ilan Kebbal Jazoir terma jamoasida o'ynash va milliy jamoa muhiti haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ilan Kebbal Just Riadh bilan suhbatda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Jazoir sharafini himoya qilish — bu shunchaki aqlbovar qilmas tuyg'u. Bu mamlakatga bo'lgan muhabbatni so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi.
Shuningdek, u terma jamoadagi bosim, Riyad Mahrezga bo'lgan hurmati hamda milliy jamoa yuqori saviyada qolishi uchun zarur bo'lgan barqarorlik haqida ham to'xtalib o'tdi.