Rodrygo tiklanish jarayonining so'nggi bosqichida
Marca xabariga ko'ra, Rodrygo xochsimon bog'lamlar jarohatidan tiklanishning so'nggi bosqichida. U dekabr yoki yanvar oylarida maydonga qaytishi kutilmoqda.
📰 Marca xabariga ko'ra, Rodrygo xochsimon bog'lamlarining uzilishi jarohatidan tiklanishning so'nggi bosqichida. Yaqinda u ilk bor to'p bilan mashg'ulot o'tkazdi. 25 yoshli braziliyalik futbolchi dekabr yoki yanvar oylarida safga qaytishi kutilmoqda.
Anchelotti Rodrygoni Braziliya terma jamoasining asosiy o'yinchisi deb hisoblaydi. U vingerning tiklanish jarayonini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shu bois, "pentakampeonlar" ustozi sentyabr oyi boshida Rodrygoning holatini tekshirish uchun "Madrid" klubi bazasiga tashrif buyurdi.