Markus Reshford «Sabah FK»ga qarshi o'yinga tayyor
ESPN jurnalisti Rob Dousonning xabar berishicha, Markus Reshford «Sabah FK»ga qarshi o'yinga tayyor, Lyuk Shou esa dam olmoqda.
🗣️ Rob Douson, ESPN:
Markus Reshford yakshanba kuni «Everton»ga qarshi o'yinda olgan jarohatiga qaramay, «Sabah FK»ga qarshi bahsga to'liq tayyorgarlik ko'rdi.
Lyuk Shou mashg'ulotlarda ishtirok etmadi — klub unga oldindan rejalashtirilgan dam olish kunini taqdim etdi.