Buxoro 0:1 Nasaf: mehmonlar so'nggi daqiqalarda g'alaba qozondi
Superliga 27-turida Nasaf mehmonda Buxoroni mag'lub etdi. O'yindagi yagona gol 90-daqiqada Oybek Rustamov tomonidan kiritildi.
Superliga 27-turidan o'rin olgan bahsda Buxoro o'z maydonida Nasafni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yinning 85-daqiqasida Buxoro futbolchisi Sardor Qulmatov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida, ya'ni 90-daqiqada Oybek Rustamov raqib darvozasini ishg'ol qilib, Nasafga uch ochkoni taqdim etdi.