Aleksandr Golovin «Le-Man»ga qarshi o'yinda jarohat oldi. U Rossiya terma jamoasi yig'inini o'tkazib yuboradi.
Aleksandr Golovin «Le-Man»ga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni tark etgandi. Endi uning holati bo'yicha aniq ma'lumotlar ma'lum bo'ldi.
Nice Matin xabariga ko'ra, Sasha o'ng boldir mushagini jarohatlab olgan. Futbolchida jiddiy shikastlanish aniqlangan.
U dushanba kuni boshlangan xalqaro tanaffus davrida Rossiya terma jamoasi safiga qo'shilmaydi.
Uning safga qaytish muddatlari hozircha ochiqlanmagan. U Ansu Fati (son) va Stanis Idumbo (yonbosh-bel mushagi) bilan birga jarohatlanganlar ro'yxatini to'ldirdi.
Stanis Idumbo jarohati sababli "Lans"ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligi mumkin. Shuningdek, jamoaning boshqa yo'qotishlari haqida ma'lumotlar bor.
Stanis Idumbo, ehtimol, jarohati tufayli "Lans"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi — L'Équipe.
Yangi kongolik futbolchi bel mushagini shikastlab oldi va juma kungi uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin. Filipe Luis vaziyatdan foydalanib, Folarin Balogunni tarkibga kiritishi mumkin.
Nice-Matin yozishicha, Ansu Fati hamon safda emas. Teze, Idumbo va Subeir faqat terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan keyingina qaytishlari mumkin, Madu Kulibalining tiklanishi esa yanada ko'proq vaqt talab qiladi.
Filipe Luis "Loryan"ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Murabbiy jarohatlar, standart vaziyatlar va jamoa rotatsiyasi haqida gapirdi.
Filipe Luis: "Loryan bilan o'yin juda qiyin bo'ladi va bizdan maksimal darajada fidoyilik talab qiladi".
Bosh murabbiy Konferensiyalar ligasidagi g'alaba, Liga 1dagi bo'lajak raqib, jarohatlar hamda standart vaziyatlardagi himoyadagi muammolar haqida gapirdi.
🔴 Kadrlar masalasi haqida:
Stanis Idumbo bel-yonbosh mushagidan jarohat oldi va bir muddat maydonga tusha olmaydi. Futbolchilarning jarohat olishini ko'rish men uchun har doim og'ir, chunki barcha futbolchilarimiz safda bo'lishi kerak.
Shunga qaramay, bizda bu pozitsiyada o'ynay oladigan bir nechta futbolchi bor, shuning uchun ular uchun o'zini ko'rsatish imkoniyati tug'ildi. Jamoa tarkibi shunday shakllantirilganki, har bir futbolchi imkoniyat bo'lganda yordam berishga tayyor turishi kerak.
Umid qilamanki, Lamin Kamara dam olish kunlari safda bo'ladi. Erik Dayerga kelsak, u katta ehtimol bilan ikki-uch hafta maydonga tusha olmaydi, garchi tiklanish jarayoni turlicha kechishi mumkin. Har bir o'yinchi turlicha tiklanadi.
🔴 "Loryan"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida:
Har bir o'yin muhim, ayniqsa raqib shunchalik kuchli bo'lsa. Men "Loryan"ning bu mavsumdagi o'yinlarini ko'rdim: ular qiyin g'alabalarga erishishdi, jumladan, safarda "Parij" va "Lans" ustidan qozonilgan g'alabalar. Bu juda xavfli jamoa, ular tartibli himoyalanishni bilishadi va ko'pincha qarshi hujumlarda o'ynashadi. Biz bu vaziyatlarni zararsizlantirishimiz kerak.
Shuningdek, ularga qarshi golli vaziyatlar yaratish oson emasligini bilaman, shuning uchun ba'zida sabrli bo'lishimizga to'g'ri keladi. Ammo bu hammasi emas: ularning hujum tashkil etishini ham alohida ta'kidlash kerak. Bu juda qiziqarli jamoa.
🔴 Standart vaziyatlardagi himoya muammolari haqida:
Ishlashda davom etish va xatolarni tuzatish kerak! Standartlarda himoyalanishda birinchi navbatda konsentratsiya, kayfiyat va o'yin sifati muhim.
Gap faqat texnika, vaziyat yaratish yoki uzatmalar haqida emas. Himoyadagi harakatlar sifati va xotirjamlik ham birdek muhim. Masalan, men o'zim o'ynagan vaqtimda standart vaziyatlar eng kuchli tomonim bo'lmagan.
Standartlar — futbol o'yinining eng muhim qismi. Biz barcha jihatlarda mukammallashishimiz, mashg'ulotlarni davom ettirishimiz va futbolchilarga himoyada qanday harakat qilishni tushuntirishimiz kerak.
Mavsum boshidan buyon jamoa juda yuqori saviyani ko'rsatmoqda, ammo xatolar baribir qolmoqda va biz ularni tuzatmoqchimiz. Biz qarshi hujumlarga qarshi himoya ustida ko'p ishladik, endi esa standartlar va o'yin qurishga e'tibor qaratdik.
Ba'zi futbolchilarga video tahlil yordam beradi, boshqalarga maydondagi amaliyot, yana birlariga esa vaziyatlarni muhokama qilish kerak. Har bir mashg'ulot xatolarni tuzatish va jamoani rivojlantirishga qaratilgan.
🔴 Terma jamoalar tanaffusi oldidan tarkibni boshqarish haqida:
Qisqa vaqt ichida bunchalik ko'p o'yin o'tkazayotganimiz menga juda yoqadi. Men uchun bu ajoyib imtiyoz! Shu sababli har bir futbolchi imkoniyat oladi, biz esa kichik rotatsiyalar qilib, hali ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmaganlarga vaqt bera olamiz.
Shuningdek, futbolchilar haftasiga ikki-uch marta o'ynashga ko'nikishsa, ular jismonan o'zlarini yaxshiroq his qila boshlashadi. Bizda juda yosh jamoa bor va futbolchilarim maydonga tushishni intiqlik bilan kutishmoqda. Bu haqiqatan ham ajoyib.
🔴 "SSKA Sofiya" bilan o'yindagi rotatsiya haqida:
Men har bir o'yinga bir xil tayyorgarlik ko'raman — g'alaba qozonish maqsadi bilan. Gap mavsumoldi o'yini yoki terma jamoalar tanaffusidagi o'rtoqlik uchrashuvi haqida ketyaptimi, farqi yo'q, xuddi "Piza" bilan bo'lgani kabi.
Albatta, Liga 1 biz uchun mutlaq ustuvor vazifa. Ammo bolgarlarga qarshi o'yindan oldin, tarkibdagi bir nechta o'zgarishlarga qaramay, bizda ishonchli va raqobatbardosh jamoa bo'lishiga va g'alabaga erishishiga ishonganman.
Biz tez gol urdik va uchrashuv boshida o'zimizni yaxshi his qildik, ammo safarda o'ynash har doim qiyin. Qolaversa, Konferensiyalar ligasining birinchi turida bizdan tashqari faqat "Trabzonspor" safarda g'alaba qozondi. Bu bizning g'alabamizni, ayniqsa bir nechta futbolchilarning qaytishini hisobga olganda, yanada qadrli qiladi.
Stanis Idumbo sport fuqaroligini o'zgartirib, Kongo DR terma jamoasiga chaqirildi. Paris Brunner esa hali tanlov qilmagan.
Stanis Idumbo ilk bor kattalar o'rtasidagi Kongo DR terma jamoasiga chaqiruv oldi!
Shu paytgacha Stanis Belgiya yoshlar terma jamoalarida to'p surib kelayotgan edi, biroq endilikda u sport fuqaroligini o'zgartirdi va Afrika Millatlar Kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi.
P.S. Paris Brunner ham Kongo DR terma jamoasi sharafini himoya qilishi mumkin, biroq ko'rinishidan, u hali qaysi terma jamoada o'ynashni istayotgani borasida yakuniy qarorga kelmagan.