Ugu Viana: Ayubning salohiyati juda yuqori
Ugu Viana «Siti»ning yangi futbolchisi Ayub haqida fikr bildirdi.
Ugu Viana:
Ayubning salohiyati juda yuqori – bu o'yinchi top darajadagi yarim himoyachi uchun zarur bo'lgan barcha sifatlarga ega.
U endigina 18 yoshda, lekin u allaqachon ajoyib futbol intellektini namoyish etmoqda va Enzo qo'l ostida u yanada o'sadi.
Biz uni juda diqqat bilan kuzatib bordik va jarayon davomida uning «Siti»da ochilib ketadigan ulkan iqtidor ekanligiga yana bir bor amin bo'ldik.
U bizga qo'shilganidan juda xursandmiz va endi bizning vazifamiz – uning salohiyatini to'liq ochib berish uchun barcha sharoitlarni yaratish.