Vinisius Juniorning formasi tanqid ostida
Ispaniyalik jurnalistlar va ekspertlar Vinisius Juniorning "Real Madrid"dagi o'yini va Mourinyu qo'l ostidagi holati haqida keskin fikrlar bildirishdi.
📻 Uskiano (Cope jurnalisti): "Ayni damda Vinisius "Madrid"da so'zsiz zaxira o'yinchisiga aylandi. Mourinyu uni avvalgi darajasiga qaytarish yo'lini topishi kerak"
📻 Karreno (Cadena SER jurnalisti): "Mourinyu "Madrid"dagi barcha o'yinchilarni ijobiy tomonga o'zgartirdi, faqat bittasidan tashqari — Vinisius. U o'zini zaxirada qoldirish uchun sabablar berishda davom etmoqda. Aynan braziliyalik futbolchi shijoatli va yaxshi harakat qilayotgan "Madrid" fonida o'yindan eng ko'p tushib qolmoqda"
M. Torres (sobiq "Madrid" himoyachisi va Onda Cero eksperti): "Vinisius o'yinida o'sish yo'q, u jamoadagi o'z mavqeini zaiflashtirmoqda... Vinisiusning qo'lidan hech narsa kelmayapti, lekin gap shundaki, u hatto harakat ham qilmayapti.
Braziliyalik futbolchi "Madrid" bilan shartnomani uzaytirgandan so'ng bo'shashib qoldimi, bilmayman, ammo Diomande kelganidan keyin u har qachongidan ham sergak bo'lishi kerak edi. U o'z g'ururini ko'rsatishi lozim. O'ylaymanki, Vinisius jamoaga nima kerakligini tushunmayapti. U jamoa bilan mutlaqo boshqa to'lqinda"
📻 A. Lopes (Onda Cero jurnalisti): "Vinisius o'z futbol rivojida to'xtab qoldi"
📻 Ortego (Onda Cero jurnalisti): "Vinisius har safar maydonga tushganida, o'ziga o'zi chuqur qazimoqda"