Udineze transferlar oynasini yakunladi: kelganlar va ketganlar
Udineze transferlar oynasining so'nggi kunidagi o'zgarishlarni e'lon qildi. Jamoaga yangi futbolchi qo'shildi, bir qator o'yinchilar esa ijara yoki transfer orqali ketdi.
Sole "Udineze"da qoladigan bo'ldi — "Kristal Pelas" himoyachi bo'yicha taklif bilan chiqmaslikka qaror qildi.
Transferlar oynasining so'nggi kunida "Udineze" Goglichidzeni "Montsa"ga ijara asosida (sotib olish huquqi bilan), Mlachichni "Uotford"ga ijara asosida, Rui Modeshtuni esa "Vankuver"ga doimiy asosda o'tkazdi.
"Udineze" tarkibiga "Shtutgart"dan Lazar Yovanovich rasman qo'shildi.
Transferlar oynasining so'nggi soatlarida Lovrichning "Palermo"ga o'tishi barbod bo'ldi: sitsiliyaliklar klubi sloveniyalik yarim himoyachi uchun tarkibdan joy bo'shata olmadi.
"Torino" so'nggi soatlarda Ebosse bilan shartnoma imzolashga urindi, biroq klublar kelishuvga erisha olishmadi.
Endilikda faqat Turkiyada transferlar oynasi ochiq qolmoqda, u 4-sentabr kuni yopiladi. Shu sababli Ebosse va Bayo hali ham "Udineze"ni tark etishi mumkin — ularga Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda.