"Al-Hilol" klubi Pedro Netu uchun 100 million funt sterling to'lashni ko'p deb hisoblab, "Chelsi" bilan muzokaralarni to'xtatdi.
Ben Jeykobs xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi endi Gabriel Martinelli transferi ustida ishlamoqda. "Al-Hilol" futbolchi uchun taxminan 50 million funt sterling taklif qilishga tayyor.
Martinelli Saudiya Arabistoniga o'tishga qarshi emas, u o'tgan yili ham shunday taklif olgan edi. "Arsenal" futbolchini sotishga tayyor va bu haqda Martinellining o'ziga ham aytilgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!