Superliganing 19-turida “Andijon” jamoamiz o'z uyida Urganchning “Xorazm” klubini qabul qildi. 😍
O'tgan turda safardan g'alaba bilan qaytgan “Burgutlar” bu safar ham muxlislar qarshisida ularni yana g'alaba bilan xursand qilish vazifasi qo'yilgandi.
O'yin esa tabiiyki, ikkala jamoa uchun ham murosasiz va shiddatli tarzda kechdi. Bellashuv davomida Islom Ahmedov shogirdlari raqib darvozasi oldida bir qator xavfli hujumlarni uyushtirishdi. G'alabaga munosib o'ynagan “Burgutlar” yakunda ketma-ket hujumlardan birini gol bilan yakunlashdi.
Qanotdan Bekzod Sulaymonovning uzatmasini Martin Boake darvozaga joylab qo'ydi. Bosh murabbiyning topqirligi ham ish berdi. Boisi, zaxiradan maydonga tushirgan o'yinchilar bevosita gollarda ishtirok etishdi.
Umuman olganda, “Andijon”ning har bir o'yinchisi o'ziga yuklatilgan vazifani sharaf bilan uddaladilar va munosib g'alabaga erishgan holda o'z ishqibozlarini yana bir bor quvontirdi. Oʼyindan keyin doimgidek, gʼalaba muxlislar bilan birgalikda ajoyib tarzda nishonlandi.
G'alabalar bardavom bo'lsin! Keyingi manzil esa 4 sentabr kuni “Paxtakor”!
“Andijon” - “Xorazm” - 1:0 (0:0).
25 avgust. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 6883 tomoshabin.Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Alisher Usmonov, Xusan Xudoyberdiev
Zaxira hakami: Abdurasul Qayumbaev
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Shoxnur YUldashev
Nazorachi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev“Andijon”: Artyom Potapov, Abdurahmon Komilov (Odil Abdumajidov, 83), Nemanya Chalasan, Islom To'xtaxo'jaev, Mahmud Maxamadjonov, Aleksandr Andronikashvili, Xumoyunmirzo Iminov (Dragan Cheran, 62), Damir Temirov, Imeda Ashortia (Aziz Turg'unboev, 74), Po'latxo'ja Xoldorxonov (Bekzod Sulaymonov, 62), Rustam Turdimurodov (Martin Boake, 74).
“Xorazm”: Umidjon Ergashev, Sunnatilloh Hamidjonov (Suhrob Izzatov, 72), Matiya Rum, Maksim Shiryaev, Alves Lusio (Nodir Abduhaliqov, 80), Diyor Ortiqboev, Sardor Azimov (Daniil Nugumanov, 65), Aziz Pirmuhammedov, Rustam Abduhamidov (Nurjahon Muzaffarov, 80), Rafael Das Santos, Ulug'bek Hoshimov (Rafael Tavares, 80).
Gol: Martin Boake, 86 – 1:0.
Ogohlantirishlar: Imeda Ashortia, 51. Aziz Turg'unboev, 89 – Nodir Abduxaliqov, 83. Diyor Ortiqboev, 90+1.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!