Andoni Iraolaning rasmiy o'yin oldidan o'tkazilgan ilk matbuot anjumani davom etmoqda va baskiyalik murabbiyga darhol transferlar haqida savol berildi. U Barkol va Minte haqida gapirishdan bosh tortdi, chunki ular boshqa klublar futbolchilari hisoblanadi, biroq umumiy vaziyat va Kertisning ketishi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
Men har qanday murabbiy kabi barcha yangi futbolchilar mavsumoldi tayyorgarligi boshlanishiga qadar jamoada bo'lishini istardim, ammo vaziyatni tushunish kerak, buning imkonsizligini bilaman. Men bu narsalar haqida ko'p o'ylamayapman, diqqatimni mashg'ulotlar va bo'lajak o'yinga qaratganman.
Kertis rasman hali ham bizning futbolchimiz, vaziyatni bilasiz. Men uni futbolchi sifatida juda qadrlayman va klubni qanchalik sevishini bilaman, ammo jarayon davomida hammasi aynan shunday yakunlanishi tushunarli bo'lib qolgan edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!