📰 AS: Aprel oyida Mourinyo JCH-2026 dan keyin ish boshlaydigan Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri edi. Tomonlar hatto loyihaning ayrim detallarini muhokama qilishgan.
Biroq, 63 yoshli mutaxassis bilan Peres bog'langanidan so'ng hammasi o'zgardi. Natijada Mourinyo hech ikkilanmay «Real Madrid»ga qaytishga qaror qildi. Portugaliyalik mutaxassis 2013 yilda klubdan ketganidan buyon «qaymoqranglilar» prezidenti bilan yaqin ishchi aloqalarini saqlab qolgan. Hozirda Mourinyo Peresning to'liq ishonchiga ega.
Qizig'i shundaki, hali 2012 yilda Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) Mourinyo xizmatlariga qiziqish bildirgan edi. O'shanda unga «Madrid» ustozi sifatidagi ishini terma jamoa boshqaruvi bilan birga olib borish taklif qilingan. Biroq klub direktorlar kengashi bu taklifni rad etgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!