B. Fernandes (jurnalist):
"Umid qilamanki, Bernarduni "o'z davrini o'tab bo'lgan" deb hisoblagan "Madrid" muxlislari o'z fikrlaridan qaytishdi... Qanday ajoyib futbolchi, maydonning har bir nuqtasida ulguradi!
Alohida ta'kidlamoqchimanki, Bernarduning ishga bo'lgan munosabati tahsinga loyiq. U to'pni yo'qotishi yoki noaniq pas berishi mumkin, ammo doimo xatosini tuzatishga harakat qiladi. Jamoada bunday futbolchining bo'lishi juda muhim.
Shu bilan birga, Mourinyu Bernardu kelgusi mavsumda yo tayanch zonasida, yo "o'nlik" pozitsiyasida o'ynashini aniq aytib o'tdi"
Valentin (Radio Marca jurnalisti):
"Mourinyu Bernardudan tayanch zonasida foydalanib, to'g'ri ish qilmoqda. U ushbu pozitsiyada o'ynash uchun eng yaxshi ko'nikmalar to'plamiga ega.
Shu bilan birga, Joze Bernarduni "Madrid"ning tayanch yarim himoyachilaridan biri sifatida ishlatishga majbur ekani aniq, chunki u jamoa yarim himoyasini kuchaytirish uchun yozda amalga oshirilgan yagona transfer hisoblanadi, holbuki jamoa yangi o'yinchilarga juda muhtoj"
Ronsero (AS gazetasi direktor o'rinbosari):
"Bernardu menga juda kuchli darajada Modrichni eslatmoqda"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!