Bernardu Silva qanday qilib "Real Madrid"ga o'tdi?
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 22

Bernardu Silva qanday qilib "Real Madrid"ga o'tdi?

📰 AS xabariga ko'ra, 2026-yil boshida Bernardu o'z xizmatlarini "Madrid"ga taklif qilgan, biroq o'shanda klub uning transferini maqsadga muvofiq deb topmagandi. Vaziyat Mourinyu qaytganidan so'ng o'zgardi, murabbiy portugaliyalik futbolchining transferini qat'iyat bilan talab qildi. Bernardu o'zining "qaymoqranglilar" safida to'p surish haqidagi azaliy orzusi yana haqiqatga aylanishi mumkinligini tushunib yetdi.

"Real Madrid"ga o'tish uchun u "Barselona" va "Atletiko" takliflarini rad etdi, bu esa agenti uchun ko'plab muammolarni keltirib chiqardi. Bu tavakkal qadam edi, ammo portugaliyalik futbolchi yaqinlariga bu bunga arzigani haqida tan olgan. Yarim himoyachi "Madrid" tarkibida sovrinlar yutishiga ishonchi komil.

Rodri "Madrid"ga o'tmasligi aniq bo'lgach, klub Bernarduga tikish qildi. Aynan unga jamoa o'yinini boshqarish va markaziy chiziqda tartib o'rnatish vazifasi yuklatildi.

Mourinyu dastlabki damlardanoq Bernardu "Madrid"da muhim rol o'ynashini tushuntirib o'tdi. Bu so'zlarning birinchi tasdig'i sifatida portugaliyalik futbolchining so'nggi "El-Klasiko"dagi yorqin o'yinini keltirish mumkin. "Barselona"ga qarshi bahs u uchun ilk jiddiy sinov bo'ldi va u buni a'lo darajada uddaladi.

Mavsum boshida Bernarduning kamroq maydonga tushishiga kelsak, Mourinyu ataylab uning yuklamalarini nazorat qilib bordi. Murabbiy jamoa o'yinini boshqarish mas'uliyatini yuklashdan avval yarim himoyachiga optimal jismoniy holatga kirib olishi uchun vaqt berdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!