AS xabariga ko'ra, Bernardu Silva "La-Korunya"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida Kamavinga bilan birga maydon markazida harakat qildi. U 100 foizlik aniqlik bilan pas uzatdi, uch marta to'pni olib qo'ydi va biror marta ham to'pni boy bermadi.
Bernardu o'zining eng yaxshi formasida bo'lmasa-da, portugaliyalik futbolchi tayanch yarim himoyachisi sifatlarini namoyish etdi: to'pni ishonchli nazorat qildi, egalik qilishda oqilona qarorlar qabul qildi va uzatmalari bilan hujumlarni sifatli boshlab berdi.
Murabbiylar shtabining g'oyasiga ko'ra, Bernardu tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasi uchun variantlardan biri bo'lishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!