Bournemouth: Jamoa muammolari va Iraola merosi haqida
YNWA ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Bournemouth: Jamoa muammolari va Iraola merosi haqida

Umid qilamanki, hech bo'lmaganda birinchi o'yinni ko'rgandan keyin rahbariyat qanot hujumchilari jamoaning yagona muammosi emasligini tushunib yetadi va transfer oynasining qolgan kunlarida sustkashlikka yo'l qo'ymaydi. Markazni qarshi hujumlarda qanday yeb qo'yishayotgan bo'lsa, xuddi shunday davom etmoqda. Himoya qanotlarida esa «aqlsiz poyezdlar» qanday bo'lsa, shundayligicha qolgan. Iraoladan shunday meros qoldi.

Shu bilan birga, aynan shu o'yin uchun barcha muammolarda faqat Xyuzni ayblash ham biroz ikkiyuzlamachilik bo'ladi. Chunki bugun bizni deyarli Iraoladan ancha keyin kelgan, tarkibdagi uchta muhim o'yinchisini yo'qotgan va bir nechta asosiy transfer maqsadlarini qo'ldan chiqargan jamoa mag'lub etayozdi.

Oldinda qilinadigan ishlar ko'p. Eslatib o'taman, «Bornmut»da Iraola dastlabki 9 turda 0 g'alaba bilan boshlagandi. Bunday qiyin stadionda durang qayd etish ham o'ziga yarasha natija! ❤️‍🔥

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!