📰 AS xabariga ko'ra, Brahim Dias kelasi mavsumda ham "Real" safida qoladi. Bunga hech qanday shubha yo'q. Klub vingerga to'liq ishonch bildirmoqda, shu sababli u bilan shartnoma 2030-yilga qadar uzaytirildi.
"Qirollik klubi" 27 yoshli futbolchi uchun boshqa jamoalardan tushadigan takliflarni ko'rib chiqmaydi. Brahimning o'zi ham "Real"da qolishni istamoqda.
Mourinyu Brahimning universal ekani va jamoa muvaffaqiyati yo'lida fidoyilik ko'rsatishga tayyorligi sababli, u kelasi mavsumda jamoa uchun juda muhim bo'lishiga ishonmoqda. Bu Bernardu va Diomande jamoaga kelganiga qaramay o'z kuchida qoladi.
"Beshiktosh" prezidenti Adali:
Ba'zi OAVdagi ma'lumotlarga qaramay, biz Brahimning transferi ustida ishlayotganimiz yo'q.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!