Diomande: "Real Madridga o'tish — bu orzu. Leyptsig vakillarining barchasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Kim biladi, balki Chempionlar ligasida yana to'qnash kelarmiz. Bugun men o'zining yangi sayohatimni boshlayapman.
Rahmat oilamga, jamoadoshlarimga, murabbiylarimga va menga ishongan har bir insonga. Leyptsigga meni o'stirishgani va ushbu imkoniyatga tayyorlashgani uchun rahmat. Roc Nation agentligiga yo'limga ishonganlari va ushbu lahzaga yetib kelishimga yordam berishgani uchun tashakkur.
Abidjanda yosh bola bo'lganimda, eng yuqori saviyada o'ynashni orzu qilardim. Bugun bu orzu haqiqatga aylandi. Va men bilamanki, bu faqat boshlanishi. Keyingi bo'ladigan voqealar uchun borimni beraman"
Diomande agenti: "Mourinyu mijozimning Real Madridga o'tishida so'nggi hal qiluvchi omil bo'ldi. Joze Diomande bilan ravon fransuz tilida gaplashdi va bu unga katta taassurot qoldirdi. Biz hatto Mourinyu fransuz tilida erkin gaplashishini bilmasdik, chunki u hech qachon Fransiyada ishlamagan.
Ammo Jozening Yandan telefon qo'ng'irog'ini qabul qilgan vaqti va uning ravon fransuz tilida o'z g'oyalari, loyihasi hamda Diomandening jamoadagi roli haqida gapirib bergani Mourinyu uchun ushbu suhbat qanchalik muhim bo'lganini ko'rsatdi. Aynan shu narsa Yanni Madridga o'tishga ko'ndirgan asosiy omil bo'ldi"
The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Diomande bilan muzokaralar jarayonida Real Madrid o'zining odatiy usullaridan birini qo'llab, unga oldindan jamoa libosini sovg'a qildi.
Bundan tashqari, klub ivuarlik futbolchiga individual va jamoaviy o'sish imkoniyatlarini taklif qiluvchi martaba rejasini taqdim etdi, xuddi Vinisius bilan bo'lgani kabi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!