Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 7

Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi

📰 AS xabariga ko'ra, Endrik shu yozda "Real Madrid"ni tark etmaydi. Qaror 100 foiz qabul qilingan. Hujumchining kelajagi borasidagi saga yakuniga yetdi!

Joze Mourinyu Endrik jamoa uchun muhim futbolchiga aylanishi mumkin deb hisoblaydi, shu bois u klub rahbariyatiga 20 yoshli braziliyalik futbolchini ijaraga berish bo'yicha barcha muzokaralarni to'xtatishni buyurdi.

Florentino Peres murabbiyning Endrikni "Madrid"da olib qolish haqidagi qarorini qo'llab-quvvatlaydi. "Qirollik klubi" prezidenti futbolchining iqtidoriga chin dildan ishonadi.

Endrik ham "Madrid"da qolishga qaror qildi. U yangi chaqiriqlarga tayyor ekanini his qilmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!