🎤Gulyelmo Vikario Roberto De Dzerbini «so'zining ustidan chiqadigan inson» deb atab, unga minnatdorchilik bildirdi:
«U birinchi kundan boshlab ajoyib edi. Men unga minnatdorman va «Yuventus» bilan shartnoma imzolagan kunim shaxsan o'ziga tashakkur aytdim. U men bilan haqiqiy inson sifatida muloqot qildi, to'g'riso'z va eng muhimi, so'zining ustidan chiqadigan inson bo'ldi.
U menga o'zim orzu qilgan qadamni tashlash imkoniyatini berdi, meni qo'llab-quvvatladi va men bunga doimo minnatdor bo'lib qolaman».
🎤Vikario «Tottenhem»dagi so'nggi mavsumi haqida shunday dedi:
«Ma'lum bir holatlar yuz berdi, ular ehtimol bir nechta sabablarga ko'ra o'xshamadi, bu haqda hozir gapirishning ma'nosi yo'q».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!