#Gulyelmo Vikario — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Gulyelmo Vikario Roberto De Dzerbi haqida iliq fikrlar bildirdi

Gulyelmo Vikario Roberto De Dzerbi haqida iliq fikrlar bildirdi

Gulyelmo Vikario o'zining sobiq murabbiyi Roberto De Dzerbi haqida iliq fikrlar bildirib, unga minnatdorchilik izhor qildi.

🎤Gulyelmo Vikario Roberto De Dzerbini «so'zining ustidan chiqadigan inson» deb atab, unga minnatdorchilik bildirdi:

«U birinchi kundan boshlab ajoyib edi. Men unga minnatdorman va «Yuventus» bilan shartnoma imzolagan kunim shaxsan o'ziga tashakkur aytdim. U men bilan haqiqiy inson sifatida muloqot qildi, to'g'riso'z va eng muhimi, so'zining ustidan chiqadigan inson bo'ldi.
U menga o'zim orzu qilgan qadamni tashlash imkoniyatini berdi, meni qo'llab-quvvatladi va men bunga doimo minnatdor bo'lib qolaman».

🎤Vikario «Tottenhem»dagi so'nggi mavsumi haqida shunday dedi:

«Ma'lum bir holatlar yuz berdi, ular ehtimol bir nechta sabablarga ko'ra o'xshamadi, bu haqda hozir gapirishning ma'nosi yo'q».

O'ng ustun yangiliklari

Inter Xosep Martinesning o'yinidan norozi

Inter Xosep Martinesning o'yinidan norozi

«Inter» rahbariyati darvozabon Xosep Martinesning so'nggi xatolaridan keyin unga bo'lgan ishonchini yo'qotmoqda. Tuttosport xabariga ko'ra, yozda klub Vikarioga qiziqqan.

«Inter» rahbariyati so'nggi xatolaridan so'ng Xosep Martines borasida ikkilana boshladi.

Yozda klubning maqsadi yangi darvozabon sotib olish edi va Gulelmo Vikario asosiy nomzod hisoblanardi.

Biroq Kristian Kivu boshqa pozitsiyalarga ustunlik berishga qaror qildi.

[Tuttosport]