Gvardiola chempion jamoalarining kam baholangan jihatlaridan biri – bu futbolchilarga singdirilgan taktik qoidabuzarlik san'ati. Fernandino, Rodri, Bernardu – ularning barchasi raqib hujumini to'xtatadigan va hakamga sariq kartochka ko'rsatish uchun asos bermaydigan qoidabuzarlik lahzasini mukammal his qilishadi.
«Siti» raqibining muxlisi sifatida bu holat meni doimo asabiylashtirgan, ammo bu ularga maydon markazini nazorat qilish va raqib o'tish fazalarini minimallashtirish imkonini bergan.
Gap shundaki, agar «Liverpul» Iraola qo'l ostida tayanch yarim himoyachisisiz o'ynashni rejalashtirayotgan bo'lsa, jamoaviy o'zaro harakatlar evaziga himoyalanish – bu o'zlashtirilishi kerak bo'lgan eng muhim jihatlardan biri.
«Nyukasl» ikkinchi golini urishidan oldin shunday vaziyat bo'ldiki, Virts va Soboslai Vissni ikki kishi bo'lib yopishdi, ammo ularning hech biri qoidabuzarlik qilmadi. Vaholanki, APL darajasidagi jamoa markaziy yarim himoyachilariga to'pni olib qo'yish uchun qoidabuzarlik ham kerak emasdi. Shu bilan birga, lavhaga qarang – qarshi hujum to'xtab qolgandek, «Liverpul»ning 4 nafar o'yinchisi to'p chizig'i ortida. Agar shu yerda qoidabuzarlik bo'lganida, sariq kartochka berilmasligi ehtimoli katta edi, chunki bu xavfli hujumni to'xtatishdek ko'rinmasdi.
Ammo na to'p olib qo'yildi, na qoidabuzarlik sodir etildi va biz o'yin qismiga ta'sir qilgan golni o'tkazib yubordik: Gakpo gol urganidan keyin raqibni bosim ostida ushlab turgan va ikkinchi golga yaqinroq bo'lgan «Liverpul» kutilmaganda zarbaga uchradi, o'yin tizginini yo'qotdi va yana bir nechta gol o'tkazib yuborishi mumkin edi. Yaxshiyamki, bir ochkoni saqlab qolishdi, ammo qaror qabul qilishdagi muammolar – nafaqat to'p bilan ishlashda, balki ushbu vaziyatda ko'rsatilganidek – baribir saqlanib qolmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!