Hansi Flik: "PSJga qarshi o'yin biz uchun yaxshi sinov bo'ladi"
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 35

Hansi Flik: "PSJga qarshi o'yin biz uchun yaxshi sinov bo'ladi"

Hansi Flikning PSJga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani.

❓Siz Luis Enrike haqida murabbiy sifatida nima deb o'ylaysiz? Uning kuchli tomonlari nimada?

🗣 Hansi Flik: «U ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasini yutgan, uning jamoasi esa fantastik futbol namoyish etadi. Bu buyuk murabbiy, dunyodagi eng yaxshilaridan biri. Menga uning jamoasi dinamikasi, intensivligi, pressingi, o'yin uslubi va rotatsiyalari yoqadi — har doim turli pozitsiyalarda turli futbolchilarni ko'rasiz. U juda moslashuvchan. Bu menga juda yoqadi. U bu klubni yillar davomida qanday rivojlantirgani hayratlanarli. U fantastik ish qilmoqda».

❓Ertangi o'yindan nimalar kutyapsiz? Bu siz uchun «muddatidan oldingi final»mi yoki jamoaning Chempionlar ligasida qanchalik uzoqqa bora olishini ko'rsatib beradigan o'yinmi?

🗣 Hansi Flik: «Ertangi o'yin biz qaysi darajada ekanligimizni tushunishimiz uchun yaxshi sinov bo'ladi. Jamoam so'nggi 11 ta o'yinda bo'lgani kabi ishonchli, dadil va, albatta, uyushqoq o'ynashini istardim. Menimcha, biz so'nggi ikki yilni hisobga olsak, eng yaxshi yoki balki eng kuchli jamoalardan biriga qarshi o'ynaymiz. Biz uchun bu qaysi darajada ekanligimizni, nimalarga qodirligimizni va qayerda o'sishimiz kerakligini ko'rish uchun yaxshi imkoniyat. Bu o'yindan keyin ko'p narsani tushunib olamiz».

❓Barchamiz o'tgan mavsum «Barselona» va PSJ o'rtasidagi o'yinni eslaymiz, o'shanda PSJ «Monjuik»da g'alaba qozongandi. O'tgan mavsumga nisbatan jamoangizdagi farq nimada?

🗣 Hansi Flik: «O'tgan mavsum qiyin bo'lgan, bu yil esa biz aynan o'zimiz xohlagan va jamoamizdan kutgan uslubda boshladik. Biz to'pni ishonchli nazorat qilyapmiz va shu bilan birga ko'plab vaziyatlar yaratyapmiz. O'ylaymanki, vaziyat butunlay boshqacha. Ammo bu shunchaki bitta o'yin. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Biz tayyormiz, barcha futbolchilarim PSJga qarshi maydonga tushish imkoniyatidan xursand, chunki bu fantastik murabbiy va aniq o'yin konsepsiyasiga ega ajoyib jamoa. Biz uchun bu qanchalik kuchli ekanligimizni ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat».

❓Mavsumning ushbu bosqichida siz uchun nima muhimroq: ertangi o'yinmi yoki El-Klasiko?

🗣 Hansi Flik: «Har doim navbatdagi o'yin muhim, shuning uchun ertangisi».

❓Sizningcha, «Barselona» va PSJ o'rtasidagi farq nimada?

🗣 Hansi Flik: «O'ylaymanki, ularda yetuklik bor. So'nggi yillarda ular jamoa sifatida birga rivojlanishdi, birga yutgan yutuqlari... Bu hayratlanarli, buni har bir o'yinda ko'rish mumkin. «Strasbur»ga qarshi so'nggi o'yinda ular oxirgi 10 daqiqada o'yin taqdirini o'zgartira olishdi. Ularda shunday sifat bor, zaxira o'rindig'ida ham. Bu ajoyib jamoa».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!