Iraola tarkib, transferlar va shoshilinch xaridlar haqida:
Murabbiy sifatida har doim o'yinchilar ixtiyoringizda hozir va shu yerda bo'lishini xohlaysiz, lekin klubning pozitsiyasini ham tushunishingiz kerak. Uzoq muddatli loyiha bor, shuningdek, hozirda biz uchun mavjud bo'lmagan o'yinchilar bilan bog'liq qarashlar mavjud.
Jovanni, Konor, Ugo – kelajagimiz uchun muhim futbolchilar. Ular bilan hali ishlash imkoniga ega bo'lmadim, lekin tarkibni rejalashtirishda ularni hisobga olmay ilojimiz yo'q. Ishonchimiz komilki, ular uzoq muddatli istiqbolda o'z hissalarini qo'shishadi.
Ba'zida strategiyadan chekinib, shartli uch oy uchun yechim topishimiz mumkin, ammo bu safar biz buni qilmaslikka va qo'limizdagi o'yinchilar bilan kifoyalanishga qaror qildik.
Yozning so'nggi kunlarida bozorda turli imkoniyatlarimiz bor edi, lekin ba'zida bozorni o'zingiz ko'rib turibsiz, yaqin orada kerak bo'lmay qolishi mumkin bo'lgan o'yinchilar uchun aqldan ozgan pullarni to'lashning ma'nosi yo'q. Bu pullarni kelajakda boshqa pozitsiyalarni kuchaytirish uchun saqlab qolish mantiqiyroq.
Ba'zida keyingi o'yin va keyingi oydan ko'ra uzoqroqqa qarash kerak. O'ylaymanki, bu transfer oynasida aynan shunday bo'ldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!