Iraolaning matbuot anjumanidagi yopiq qismidan iqtiboslar:
🛑 Arauxo va uning standart vaziyatlardagi yordami haqida: «Albatta, standart vaziyatlarda o'ng qanot himoyasida markaziy himoyachi o'ynayotgani bizga yordam beradi. U bizga bo'y va jismoniy kuch qo'shadi. U yaxshiroq himoyalanishimizga ko'maklashadi, lekin hujumda nimadir yo'qotayotganimiz ham haqiqat. Biz Ronaldudan hujumning so'nggi qismida boshqa qanot himoyachilaridan talab qiladigan narsalarni kutishimiz qiyin, shuning uchun biz buni boshqa vositalar bilan muvozanatlashtiramiz».
🛑 «Arsenal»ning standart vaziyatlari haqida: «Ularda juda bo'yli futbolchilar bor, ular bosh bilan juda yaxshi o'ynashadi. Ular standart vaziyatlarni savodli tarzda ijro etishadi va, albatta, bu biz uchun katta sinov bo'ladi. Taxtaga taqillatib qo'yaman, hozircha raqiblarning standartlariga qarshi yaxshi kurashyapmiz. Ammo «Arsenal» — bu boshqa darajadagi vazifa».
🛑 Mak Allister haqida: «Uni o'yinni tushunishi ajratib turadi. Nafaqat men uning pozitsiyasidagi o'yinchilarga qo'yadigan talablar, balki umuman o'yinni — maydonda nimalar bo'layotganini tushunishi. Ko'pincha u jamoadoshlariga maydonning narigi chekkasida bo'lsa ham, qaysidir vaziyatda noto'g'ri harakat qilganliklarini aytib turadi. Bu juda muhim sifat».
🛑 Mak Allister shartnomasi borasidagi so'zlari haqida: «Men u bilan o'sha matbuot anjumanida birga edim va eslasangiz, aytgan edim: eng muhimi, u shu yerda bo'lishni xohlaydi. U rivojlanishda davom etishni va bizga yordam berish uchun yuqori darajadagi futbol ko'rsatishni istaydi. Bunday yutuqlarga erishgan futbolchidan buni eshitish — biz uchun juda ajoyib. Men uni juda qadrlayman, u top-o'yinchi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!