Jose Mourinho: "Maqsadimiz - La Ligada g'alaba qozonish"
Real Madrid CF ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 27

Jose Mourinho: "Maqsadimiz - La Ligada g'alaba qozonish"

Jose Mourinho matbuot anjumanida "Real Madrid" jamoasining yetukligi haqida gapirdi:

Bizda yosh, ammo ancha yetuk jamoa shakllangan. Futbolchilar ham qiyin, ham muvaffaqiyatli damlarda xotirjamlikni saqlab qolishmoqda. El Klasikodagi g'alabadan keyin hamma xursand edi, ammo ertasi kuniyoq ishga qaytdik. Oddiy mashg'ulotlar, navbatdagi o'yinga jiddiy taktik va jismoniy tayyorgarlik. Menga jamoaning bu yetukligi yoqadi.

Mavsumdagi asosiy maqsad haqida:

Men allaqachon aytganman: maqsadimiz El Klasikoda g'alaba qozonish emas, balki La Ligada chempion bo'lish.

"Rasing"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida:

Har bir o'yin biz uchun xavfli, ayniqsa safarda. Raqib muxlislari katta bosim o'tkazishadi, jamoalar esa doim haddan tashqari motivatsiyaga ega bo'lishadi. "Rasing" bu mavsumda hali uyida mag'lubiyatga uchramadi, shuning uchun bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi. Biz buni matonatimiz va xarakterimiz uchun sinov deb bilamiz.

O'yinlar taqvimi haqida:

Chorshanba kuni AEK bilan o'ynashimiz kerak. Nazariy jihatdan, tiklanish uchun ko'proq vaqt ajratish maqsadida La Liga o'yinlarini shu shanba va keyingi yakshanbaga belgilash mumkin edi. Ammo buning o'rniga biz shu yakshanba va keyingi shanba kuni o'ynayapmiz. Dam olish uchun ikki kun kamroq. Qanday ajoyib sovg'a.

Himoyaviy murabbiy sifatidagi obro'si haqida:

Agar himoyaviy futbol deganda 2011/12 yilgi mavsumdagidek 120 ta gol urish va 100 dan ortiq ochko to'plash tushunilsa, men yana jon deb shunday murabbiy bo'lardim.

Trent Aleksander-Arnold va Denzel Dyumfris bilan bog'liq vaziyat haqida:

Bu vaziyat meni xafa qilmoqda. Biz har bir pozitsiyada ikkitadan futbolchiga ega bo'lishni rejalashtirgandik, ammo endi uchinchisini — Federiko Valverdeni ishlatishga majbur bo'lyapmiz. Hozirgi vaqtda Federiko o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida jamoaga ko'proq mos keladi deb hisoblayman. Hujumkorlik bobida u bizga Trent va Dyumfrisdan ko'ra ko'proq narsa beryapti. Biz ularga qarorimizni tushuntirdik va ikkalasi ham buni qabul qilishdi, chunki hozir jamoa uchun shundayi yaxshiroq ekanini tushunishadi. Yakunda o'yin vaqtini hamma oladi.

Trent va Dyumfrisning ketishi mumkinligi haqida:

Ulardan biri klubdan ketishni so'raydi deb o'ylamayman. Ular vaziyatni juda yaxshi tushunishadi va albatta o'z imkoniyatlariga ega bo'lishadi.

Doimiy tarkib haqida:

Menda muhim o'yinlar uchun o'zgarmas tarkib yo'q. Bugun asosiy tarkibda maydonga tushganlar, bir oydan keyin zaxirada qolishi mumkin. Futbolda hamma narsa juda tez o'zgaradi.

"Real Madrid" Vinisiussiz muvozanatliroq bo'lib qoldimi degan savolga:

Yo'q. Men barcha jihatlarda: hujumda, himoyada, to'p bilan va to'psiz holatda yanada muvozanatli bo'lish uchun astoydil mehnat qilayotgan jamoani ko'ryapman. Men ko'rayotgan narsa shu.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!