Joze Mourinyu o'yin haqida:
Uch ochko va hech narsa ortiq emas. Bu «Hala Madrid va hech narsa ortiq emas» (Hala Madrud y nada mas) kabi. Birinchi bo'limdan keyin hamma ikkinchi bo'limda 3, 4 yoki 5 ta gol uramiz deb o'ylagani aniq. Ammo biz sur'atni pasaytirdik, juda ko'p bo'shliq qoldirdik va Bellingem hamda Braim maydonga tushganida, men markazni zichlashtirishga harakat qildim, chunki Vinisius va Gyuler charchab qolishgandi. Ammo barqarorlik haqida o'ylayotganimda, hisob 1:2 ko'rinishini oldi. Bunday stadionlarda, to'la tribunalar qarshisida o'likdek ko'ringan jamoalar ham... bir lahzada jonlanib ketadi. Keyin hisob 2:2 bo'ldi. Ammo bizda turli xil iqtidorlarga to'la zaxira bor. Men maksimal darajada tavakkal qildim... chunki durang bizni qoniqtirmaydi. Va biz juda kuchli reaksiya evaziga gol urdik, ochko yo'qotishga haqqimiz yo'qligini tushundik. Yakun juda kuchli chiqdi. Biz o'z maqsadimizga erishdik.
O'yinlar jadvalidagi tig'izlik haqida:
O'yinchilari kamroq va saviyasi pastroq bo'lgan boshqa jamoalarga qiyinroq. Siz mendan so'rayapsiz, men esa Anselmi («Elche» murabbiyi) qanchalik qiynalayotganini aytaman. Uning jamoasiga biznikiga qaraganda qiyinroq bo'ladi, ularning o'yini shanba kuni. Biz kuchlarni taqsimlashga harakat qilamiz. Bugun ko'plab o'zgarishlar qildik: faqat Konate va Mbappe «Inter» va «Rayo»ga qarshi o'yinlarda, hamda bugun 90 daqiqadan maydonda bo'lishdi.
Jamoaviy ruh haqida:
Jamoa aniq birlashgan, motivatsiyaga ega. Do'stlik, fidoyilik bor. Bu borada ular benuqson.
Derbi haqida:
Ertaga dam olamiz, payshanba kuni esa o'yin haqida o'ylashni boshlaymiz.
Ikkinchi bo'limdagi pasayish haqida:
Menga bu aniqdek tuyuladi. Buni tushunish oson. Bu taqdiri oldindan hal bo'lib ulgurgan o'yinlar, bizda raqibni «o'ldirish» uchun imkoniyatlar bor, lekin biz buni qilmaymiz. Ularni yakunlamay turib, yengillikdan nazoratni yo'qotishga o'tamiz. Hammasi oson ko'ringanda, sen kamroq harakat qila boshlaysan. Men topgan yagona tushuntirish: agar o'yin osondek ko'rinsa va sen unda nuqta qo'ymasang, keyin sur'atni pasaytirasan, nazoratni yo'qotasan, bu yengillikni noto'g'ri talqin qilasan. Bunday bo'lishi mumkin. Oson narsaning o'zi yo'q. O'yinchilarga dam kerak, ertaga ularga dam olish kuni. Agar biz 1-daqiqadan 90-daqiqagacha yomon o'ynaganimizda, tashvishlanish uchun juda ko'p sabablar bo'lardi. Agar bizda yuqori darajadagi kesmalar bo'lsa-yu, yana tashabbussiz, kutish holatidagi, sur'atsiz daqiqalar ham bo'lsa... Albatta, bu tashvishlantiradi. Lekin biz g'alaba qozondik.
Espi haqida:
U yaxshi harakat qilyapti, jamoaga foyda keltiryapti. Uning pozitsiyasida shunchaki fenomenal futbolchi o'ynaydi – ular bilan bir vaqtda o'ynash oson emas. Aks holda bizda tezlikni ta'minlaydigan qanot o'yinchilari bo'lmaydi va jamoa muvozanatni yo'qotadi. Yakunda o'zgarishlar qilib, hammasini tavakkalga qo'ydim. Biz yutdik, garchi yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi, lekin buni qilish kerak edi.
Diomande haqida:
U o'syapti. Jismonan oyoqlarida daqiqalar ko'paygani ko'rinib turibdi. Uning ishchanligi, intellekti a'lo darajada, u ulkan ish qildi.
«Real» yana gol o'tkazib yuborayotgani haqida:
Bu meni har bir o'yinda tashvishga soladi, nafaqat yakshanba arafasida. Jamoam gol urganida menga yoqadi. Lekin men o'yinni nazorat qilishni va raqibga imkoniyat sovg'a qilmaslikni ham yaxshi ko'raman. «Elche» yaxshi o'ynadi, ular tarkibni o'zgartiruvchi almashtirishlar qilishdi. Zaxiramizda ko'plab variantlar bor va 10 daqiqa ichida biz juda xavfli vaziyatlar yaratdik. Biz gol urdik, yutdik, uch ochko va hech narsa ortiq emas.
Gyuler almashtirib bo'lmas futbolchimi degan savolga:
Yo'q, almashtirib bo'lmaydigan futbolchi yo'q. Men o'zgarishlar qilganimda nazoratni yo'qota boshladik. Vini himoyada juda yaxshi ish qildi va charchab qoldi. «O'nlik» pozitsiyasida o'ynagan Arda ham sur'atni pasaytirdi. Shuning uchun men yangi kuchlar – Jud va Braimni maydonga tushirdim.
Chuameni haqida:
Jamoa yaxshi o'ynaganida, ular Valverde bilan birga ajoyib harakat qilishdi. Ular osonlik va mahorat bilan pressingdan chiqib ketishdi. Ammo o'yinning ikki yuzi bor edi – yoki aniqrog'i, uchta: biri – 0:2 hisobigacha, ikkinchisi – 2:2 gacha va uchinchisi – oxirigacha. Ular a'lo darajada uddalashdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!