🎙 Jude Bellingham:
"Malaga"ga qarshi o'yin haqida:
Uning ko'plab futbolchilari uchun "Santyago Bernabeu"dagi uchrashuv o'zgacha ahamiyatga ega. Har bir raqib bizga qarshi maksimal motivatsiya bilan maydonga tushadi.
Mavsum boshidagi ikkita g'alaba haqida:
Murakkab davr va Chempionlar ligasi starti oldidan mavsumni yaxshi boshlash juda muhim. Jamoada asta-sekin moslashib borayotgan ko'plab yangi o'yinchilar bor. Umid qilamanki, shu ruhda davom etamiz.
Mbappe uzatgan golli pas haqida:
Bu ko'proq instinktiv qaror edi. Mening vazifam to'pni kerakli zonaga yo'naltirishdan iborat edi. Kilian juda tezkor, yakuniy zarba esa ajoyib chiqdi.
Vinisiusga uzatgan golli pas haqida:
To'pni yo'qotganimdan so'ng, darhol pressing orqali uni qaytarib olishga harakat qildim. Keyin raqibni aldab o'tdim, Vini'ni ko'rdim va unga pas uzatdim. U menga: "Rahmat" dedi.
Mourinyo qo'l ostidagi roli haqida:
Hozir maydonda ko'proq erkinlikka egaman: qachon chuqurroq tushishni, oldinga o'tishni yoki jarima maydonchasiga yorib kirishni o'zim tanlay olaman. O'ylaymanki, bu mening eng yaxshi pozitsiyam, chunki u barcha sifatlarimni ochib berishga imkon beradi. Murabbiyning ishonchi uchun minnatdorman.
Yangi o'yinchilar haqida:
Ular jamoaga ajoyib tarzda qo'shilishdi - ham futbolchi, ham inson sifatida. Bunday bosim ostida, ayniqsa yangi murabbiy va shtab bilan "Real Madrid"ga moslashish oson emas, lekin ular buni juda yaxshi uddalashdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!