Kilian Mbappe: «Mourinho menga gol urishni aytdi»
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 14

Kilian Mbappe: «Mourinho menga gol urishni aytdi»

Kilian Mbappe: «Mourinho menga gol urishni aytdi»

«Madrid» forvardining ikkinchi qism intervyusi

«Individualist bo'lish buyuk to'purar bo'lish uchun kerakmi? Barcha futbolchilar — individualistlar, darvozabondan tortib to hujumchigacha. Ba'zan tomoshabinlarga ayrim pozitsiyalardagi futbolchilar unchalik qiziq emasligini aytish, hurmatsizlikni anglatmaydi.
«To'qqizliklar» doimo diqqat markazida bo'ladi — ba'zan haqli ravishda, ba'zan esa yo'q. Shunday o'yinlar bo'ladiki, men gol uraman, lekin boshqa futbolchilar mendan yaxshiroq harakat qiladi. Ammo raqib darvozasini ishg'ol qilish — futboldagi eng qiyin va eng qadrli narsa. Shuning uchun ba'zan barcha shon-shuhrat sizga nasib etishi, ba'zan esa aksincha bo'lishi tabiiy hol».
«O'yinimda nimani yaxshilashim mumkin? Himoyada ko'proq ishlashni boshlash va yanada samarali hujumchiga aylanish. Yevropada men kabi raqib darvozasi oldida bunchalik ko'p xavfli vaziyat yarata oladigan futbolchilar kam. Cho'qqida joy oz, men esa o'z o'rnimni yo'qotishni istamayman».
«Qaysi yosh futbolchilar meni hayratda qoldiradi? Yamal barcha kerakli sifatlarga ega. Guler cho'qqiga chiqa oladi. Endrik — juda iqtidorli futbolchi va tug'ma to'purar. Shuningdek, menga Estevao yoqadi. Zair-Emeri va Due buyuk karyera qurishadi».
«O'tgan mavsum jamoaviy natijalar bo'yicha men uchun eng yomoni bo'ldimi? Yo'q, har bir mavsum tajribangizni boyitadi. Men doimo, ayniqsa mag'lubiyatlardan imkon qadar ko'proq saboq olishga harakat qilaman. «Madrid» safida to'p surish — bu sharaf. Bu klub bizga shu mavsumda yaxshiroq natija ko'rsatish uchun nimalar ustida ishlashimiz kerakligini tushunishga yordam beradi».
«Bernabeu»dagi muxlislar hushtakbozligi? Bunday holatlar bo'lib turadi. Bilasizmi, «Madrid»ning qancha o'yinchisiga hushtak chalishgan?! Ularning barchasi sog'-salomat, to'g'rimi? «Madrid»ga o'tayotganingizda, nimaga imzo chekayotganingizni anglaysiz. Menga qaratilgan hushtakbozlik meni unchalik xafa qilmaydi. Muxlislar o'z noroziligini shu tarzda ifoda etishini tushunaman».
«Mourinho juda aqlli va bu meni hayratda qoldiradi. Albatta, ajablanmayman. Mourinho agar bunday intellektga ega bo'lmaganida, biz bilgan Mourinho bo'lmasdi. U nima qilayotganini va qayerga ketayotganini biladi. Bu futbolchilar uchun muhim. U bilan muvaffaqiyatga erishish uchun barcha imkoniyatimiz bor. Mourinho menga: «Gol ur», dedi (kuladi)».
Mourinhodan nima kutyapman? Shunchaki meni maydonga tushirsa bo'ldi (kuladi). Shundan so'ng, qolgan barcha narsaga moslasha olaman deb o'ylayman. Hech qanday maxsus kutishlarim yo'q. Shunchaki o'zi bo'lib qolishi yetarli».
«JCH-2026 men uchun muvaffaqiyatsizlik bo'ldimi? Pff, yo'q! Agar turnirdan darhol keyin so'raganingizda, «Ha» deb javob bergan bo'lardim. Endi esa bu muvaffaqiyatsizlik emas deyman. Lekin baribir achinarli, chunki Ispaniya yarim finalda o'yinni bizdan ko'ra yaxshiroq nazorat qildi. Ularni JCHdagi g'alaba bilan tabriklayman».
«PSJ» men ketganimdan beri ikki marta YeCHLni yutdi, «Madrid» esa birorta ham yirik sovrin yutmadi? Men bunga 2+2=4 deb qarayman. «PSJ» bu sovrinlarni yutdi va biz ularni tortib ololmaymiz. «PSJ»ni bu g'alabalar bilan tabriklayman.
Biz, «Real Madrid» va qolgan barcha jamoalar maydonga bir maqsad bilan chiqamiz — ketma-ket ikki marta YeCHLni yutgan jamoani cho'qqidan ag'darish. 23/24-mavsumda Enrike qo'l ostidagi «PSJ» bilan YeCHL yarim finaliga qadar yetib bordik. O'sha yil klub uchun yangi siklning boshlanishi edi.
«PSJ»da o'ynaganimda, Yevropaning istalgan boshqa klubiga o'tishim mumkin edi. Lekin men doimo «PSJ»da qoldim. «PSJ» rahbariyatidan so'rang, 7 yil davomida men uchun qancha takliflar kelib tushgan. Men Parijda qoldim, chunki baxtli edim. «PSJ» mening uyim edi».
«Peres bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqam bormi? Buni «Madrid»dagi barcha futbolchilardan so'rang. Balki ularning ba'zilari Peres bilan bevosita muloqot qilar. Lekin mening u bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqam yo'q».
«Fransiya terma jamoasi tarixida klublar tarixidagiga qaraganda ko'proq iz qoldirdimmi? Hammasi nimani «iz» deb hisoblashingizga bog'liq. Men o'ynagan barcha jamoalarda meni maqtashadi. Shunchaki terma jamoa bilan menda ko'proq hissiyotli va romantik tarix bor».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!