Kirante (DAZN jurnalisti): "Hozir "Madrid" Vinisiusni sotishi kerak edi, deb gapirish oson, chunki u eng yaxshi sport formasida emas, jamoaning muammolaridan biri hisoblanadi va hatto "Bernabeu"dagi muxlislar ham uni hushtakbozlik bilan kutib olishmoqda..."
Lekin futbolda bu yangilik emas. Odamlar hamma narsani juda tez unutishadi. Hali sentyabr oyi, shuning uchun jamoalar haqiqatan ham sovrinlar uchun kurashni boshlaganlarida, Vinisius haqidagi bu fikr saqlanib qoladimi yoki yo'q, buni ko'rmoqchiman.
Ayni damda Vinisius eng yaxshi formasida emas — buni hatto Anchelotti ham tan olmoqda. Futbolchining o'zi ham buni juda yaxshi tushunib turibdi.
Ammo dunyoda o'z mentaliteti tufayli vaziyatni o'nglay oladigan futbolchi bo'lsa, bu aynan Vinisiusdir. O'tgan yozda u "Madrid"ni tark etish istagi borligini aytishi mumkin edi, biroq qolishga qaror qildi. U Saudiya Arabistoni klubiga o'tishi mumkin edi, uni "Arsenal" ham kuzatib borgandi... Lekin Vinisius "Madrid"da qolishni xohladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!