Liverpul tarixiy seriyasiga yakun yasashi mumkin
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 2

Liverpul tarixiy seriyasiga yakun yasashi mumkin

"Liverpul" shu paytga qadar APL doirasidagi birorta mavsumni tarkibida biror nafar skauzer (Liverpul shahri vakili) ishtirokisiz o'tkazmagan. Ayni damda jamoada faqatgina Kertis Jons mahalliy tarbiyalanuvchi hisoblanadi.

Jeyden Danns va Josh Eyb asosiy jamoada o'ynashga eng yaqin turgan yosh skauzerlar hisoblanadi. Biroq, ulardan biri jarohatlar sababli yana mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazib yubordi, ikkinchisiga esa endigina 16 yosh to'ldi. Shu bois, "Liverpul" joriy mavsumda birorta ham skauzer maydonga tushmasligi ehtimoli juda yuqori.

*Gap 1992-yildagi islohotdan keyingi APL yoki butun tarix haqida ketayotgani noma'lum. Katta ehtimol bilan, birinchisi nazarda tutilgan.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!