#Josh Eyb — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Liverpul tarixiy seriyasiga yakun yasashi mumkin

Liverpul tarixiy seriyasiga yakun yasashi mumkin

"Liverpul" tarkibida skauzer futbolchilar ishtirok etmasligi mumkin bo'lgan tarixiy mavsum yaqinlashmoqda.

"Liverpul" shu paytga qadar APL doirasidagi birorta mavsumni tarkibida biror nafar skauzer (Liverpul shahri vakili) ishtirokisiz o'tkazmagan. Ayni damda jamoada faqatgina Kertis Jons mahalliy tarbiyalanuvchi hisoblanadi.

Jeyden Danns va Josh Eyb asosiy jamoada o'ynashga eng yaqin turgan yosh skauzerlar hisoblanadi. Biroq, ulardan biri jarohatlar sababli yana mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazib yubordi, ikkinchisiga esa endigina 16 yosh to'ldi. Shu bois, "Liverpul" joriy mavsumda birorta ham skauzer maydonga tushmasligi ehtimoli juda yuqori.

*Gap 1992-yildagi islohotdan keyingi APL yoki butun tarix haqida ketayotgani noma'lum. Katta ehtimol bilan, birinchisi nazarda tutilgan.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.