Luka Modrich: "Real Madrid - mening uyim"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 26

Luka Modrich: "Real Madrid - mening uyim"

Luka Modrich: "Real Madrid"ga bir kun kelib qaytishni juda istayman.

"Real Madrid" - mening uyim va dunyodagi eng katta klub. Men har doim madridist bo'lib qolaman. Ammo men shunchaki qaytish uchun "Madrid"ga qaytishni istamayman. "Madrid" menga hamma narsani berdi, shuning uchun bir kun kelib qaytib, klubga yordam berishni juda xohlayman, shunchaki qo'l qovushtirib o'tirmayman. Men "Madrid"da emas, "Madrid" uchun ishlashni xohlayman. Mourinyu aytganidek.

Modrich - Kazemiro - Kroos yarim himoya triosi tarixdagi eng yaxshisimi? Buni hal qilish mening vazifam emas. Bunday bahslar doimo bo'lgan va bo'ladi, shuning uchun ularni o'z fikrini bildiradiganlarga qoldiraman. Men esa Toni va Kazemiro bilan birga o'ynashdan zavq olganimni ayta olaman. Biz bir-birimizni juda yaxshi tushunardik.
Ammo "Madrid" tarixidagi balki eng yaxshi davrda boshqa jamoadoshlarim bilan birga to'p surish ham yoqimli edi. Shuning uchun faqat bizning yarim himoya uchligimiz haqida gapirishni yoqtirmayman, chunki boshqalar ham ulkan ishni bajargan.
[Peres qaytganidan keyin] "Madrid" Chempionlar ligasida La Liga chempionligidan ko'ra ko'proq sovrin yutgani "Negreyra ishi" bilan bog'liqmi? Bu g'ayritabiiy. Men bu haqda gapirmayman, chunki menga bu yoqmaydi. Ammo o'ylaymanki, biz ham La Ligaga qaraganda ko'proq CHL sovrinlarini qo'lga kiritganimizda aybdormiz.
CHLda o'ynar ekanmiz, xatoga yo'l qo'ya olmasligimizni bilardik. La Ligada esa har doim ochkolar bo'yicha "Barselona"ni quvib yetishimiz mumkin deb hisoblardik, lekin ular juda kuchli edi. Har qanday holatda ham, men hech narsani o'zgartirmagan bo'lardim.
Yoshim haqidagi doimiy gap-so'zlar meni bezovta qilmaydi yoki g'azablantirmaydi, lekin charchata boshladi. Buni eshitishdan charchadim. Birinchi marta bu mavzu 2019-yilda, 2018-yilgi JCHdan keyin ko'tarila boshlagan: "Ko'ramiz, Modrich yana necha yil bardosh berar ekan. Unga allaqachon 33-34 yosh, u endi yuqori saviyada o'ynay olmaydi...".
Shundan so'ng men yana 2 ta CHL g'olibi bo'ldim, Xorvatiya terma jamoasi bilan JCH-2022da 3-o'rinni egalladim, 2023-yilgi Millatlar ligasi finaliga chiqdim va boshqa sovrinlarni yutdim. O'ylaymanki, shuncha narsadan keyin... O'zim haqimda gapirishni yoqtirmayman, lekin o'ylaymanki, muayyan pallalarda [bu gap-so'zlardan keyin] men faoliyatimdagi eng yaxshi darajamda o'ynaganman.
Albatta, faoliyatimni yakunlash lahzasi har qachongidan ham yaqinroq, lekin yana qancha vaqt futbol o'ynashimni ko'ramiz. Nima bo'lishini hech qachon bilmaysan...
"Madrid" muxlislari transferim uchun kimga minnatdor bo'lishlari kerak: Mourinyu yoki Peresga? Umuman klubga. Ammo o'ylaymanki, Mourinyu o'tishim uchun eng muhim omil bo'lgan, chunki u hamma narsani qildi. Agar Joze bunchalik qat'iyatli bo'lmaganida, balki "Madrid" "Tottenxem" bilan murakkab muzokaralardan chiqib ketgan bo'lardi.
Biroq, men Florentinoga ham katta hurmat va mehr qo'yganman. U men uchun juda ko'p ish qildi. Shuning uchun "Madrid"dagi barcha mening shartnoma imzolashimda muhim rol o'ynadi, ayniqsa Mourinyu. Men unga birinchi kundan boshlab ko'rsatgan munosabati va mehri uchun har doim minnatdor bo'laman.
Yagona kamchilik - men Joze bilan bir mavsumdan ortiq ishlay olmadim. Ammo hayot shunday. O'sha yili ko'p narsani o'rgandim. Shuning uchun Mourinyu qaysi klubda bo'lmasin, unga har doim eng yaxshisini tilayman. Men uni doim kuzatib borganman va u yaxshi natijalarga erishganida xursand bo'lganman.
O'ylaymanki, "Madrid"da Mourinyuni qaytarib, juda dono qaror qabul qilishdi, chunki u g'olib murabbiy va aql bovar qilmas xarizmaga ega. U sovrin yutish uchun nima qilish kerakligini biladi. "Madrid" uning qo'l ostida ajoyib mavsum o'tkazishiga umid qilaman. Mavsumning dastlabki o'yinlaridan ham "Madrid" qo'rqinchli kuchga aylangani ko'rinib turibdi.
Mbappe, Vini va Bellingem - fenomenal o'yinchilar. "Madrid" Vinisius bilan shartnomani uzaytirganidan juda xursand bo'ldim. Kilian esa aql bovar qilmas: gollarni urishdagi yengillik, uning tezligi... Ammo men Judga yaqinroqman, chunki u ham yarim himoyachi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!