Maks Eberl o'yindan keyingi matbuot anjumanida Vensan Kompani o'rniga ishtirok etdi.
Eberlning so'zlariga ko'ra, Kompani shu hafta davomida son-chanoq bo'g'imidagi muammolar hamda virusli infeksiya bilan kurashgan. Aynan shu sababli u o'yindan keyin intervyu bera olmadi.
Eberl Kompanining chorshanba kuni «Arsenal»ga qarshi o'yinda jamoa bilan birga bo'lishi haqida:
Uning jamoa bilan bo'lishiga hech narsa xalaqit bermaydi. U zaxira o'rindig'ida o'tirdi, demak, jiddiy narsa yuz bermagan. U yon chiziqda jamoani faol boshqarmadi. Aaron Denks va Rene Marich bu ishni o'z zimmalariga olishdi — bu murabbiylar shtabimiz qanchalik ahil ishlayotganini ko'rsatadi. O'ylaymanki, chorshanba kuni muammo bo'lmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!