Maks Eberl: Kompani «Arsenal»ga qarshi o'yinda jamoa bilan bo'ladi
Maks Eberl Vensan Kompanining sog'lig'i va uning «Arsenal»ga qarshi o'yindagi ishtiroki haqida gapirdi.
Maks Eberl o'yindan keyingi matbuot anjumanida Vensan Kompani o'rniga ishtirok etdi.
Eberlning so'zlariga ko'ra, Kompani shu hafta davomida son-chanoq bo'g'imidagi muammolar hamda virusli infeksiya bilan kurashgan. Aynan shu sababli u o'yindan keyin intervyu bera olmadi.
Eberl Kompanining chorshanba kuni «Arsenal»ga qarshi o'yinda jamoa bilan birga bo'lishi haqida:
Uning jamoa bilan bo'lishiga hech narsa xalaqit bermaydi. U zaxira o'rindig'ida o'tirdi, demak, jiddiy narsa yuz bermagan. U yon chiziqda jamoani faol boshqarmadi. Aaron Denks va Rene Marich bu ishni o'z zimmalariga olishdi — bu murabbiylar shtabimiz qanchalik ahil ishlayotganini ko'rsatadi. O'ylaymanki, chorshanba kuni muammo bo'lmaydi.