🚨 Marca xabariga ko'ra, Mateu Alemanyning oldida ikkita yakuniy qadam turibdi: markaziy hujumchi sotib olish (asosiy nomzod Nikolas Jekson) va Niko Gonsalesni tarkibga qo'shib olish.
Ularning kelishi Ximenes, Vargas, Lemar va Karlos Martinning ketishiga bog'liq.
Endilikda Mateu tarkibni qisqartirishi va shu orqali maoshlar fondini kamaytirishi kerak.
Ushbu futbolchilarni sotishdagi qiyinchiliklarni inobatga olgan holda, Alemany oxirgi ikki futbolchini sotib olish huquqi bilan yoki usiz ijaraga berish variantini ham ko'rib chiqmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!