Mattias Yayssle:
Vazifa bajarildi. Hammasi juda oddiy. Bu yerda hech qachon oson bo‘lmaydi. Biz buni bilardik va bunday sinovga tayyor edik.
Jo Uillok men kelganimdan beri ajoyib ish qilmoqda. Uning salohiyati borligini o‘zingiz ham ko‘rdingiz va biz bu yo‘lda uni qo‘llab-quvvatlash uchun shu yerdamiz.
Mavsumni qanday boshlaganimizdan juda mamnunman. Maydonda ham, undan tashqarida ham birdamligimizni ko‘rsatdik. Ammo vaziyatga real qaraymiz. Bunday start uchun minnatdormiz, lekin allaqachon "Lids"ga e’tiborimizni qaratganmiz.
Menga ingliz futboli juda yoqadi. Shunchaki kechqurun maydonga chiqish, shunday ajoyib muhitda o‘ynash… Buning uchun minnatdorman va bu men uchun katta sharaf.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!