📰 AS xabariga ko'ra, Mourinyu kelgusi mavsumda 4-2-3-1 sxemasida Bellingemni «o'nlik» pozitsiyasida o'ynatmoqchi.
Garchi murabbiy futbolchi maydon markazida biroz chuqurroq harakat qila olishini tushunsa-da, Mourinyu aynan «o'nlik» pozitsiyasini uning uchun eng maqbul variant deb hisoblaydi. Bellingem 2023/24-yilgi mavsumda ham aynan shu rolda to'p surgan edi.
Portugaliyalik mutaxassis «Real Madrid»ning kelgusi mavsumdagi muvaffaqiyati aynan Bellingem salohiyatini to'liq ochib berishiga bog'liq deb hisoblaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!