Murabbiy Andijon ustidan qozonilgan g'alaba va Doriyev haqida fikr bildirdi
SOGDIANA JIZZAKH ↗ ●●●●● Matbuot 👁 15

Murabbiy Andijon ustidan qozonilgan g'alaba va Doriyev haqida fikr bildirdi

O‘yin haqida fikringiz?

O‘ylaymanki, bugun ikkita teng kuchli jamoa o‘zaro bahs olib bordi. Har ikki jamoa to‘pni nazorat qilishga harakat qilib, vaziyatlar yaratishga urindi. Birinchi taymda ham, ikkinchi bo‘limda ham deyarli bir xil ssenariy takrorlandi. To‘g‘risi, men o‘yin 0:0 hisobida yakun topsa kerak deb o‘yladim. Lekin Doriyevning chiroyli goli jamoamizga g‘alaba keltirdi. Gʻalaba bilan muxlislarimizni tabriklayman. "Andijon" jamoasiga keyingi bahslarda omad. Endi biz navbatdagi uchrashuvga hozirlik ko‘ramiz.

Doriyev oxirgi uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatib kelmoqda va gollar uryapti. Doriyevsiz jamoani qanday tasavvur qila olasiz?

Ayni paytda Doriyev jamoamizda o‘ynayapti va ko‘p foyda keltiryapti. Doriyevsiz qanday o‘yin namoyish etishimiz haqida hozir biron gap ayta olmayman. Agar usiz o‘ynab ko‘rsak, shundan so‘ng gapirishim mumkin. Biz o‘yinchilarimizning kuchli-kuchsiz tomonlarini bilamiz. U o‘zini yaxshi ko‘rsatishi uchun kerak paytda ba’zi ishlardan ozod qilganmiz. Hozircha unda hammasi yaxshi ketyapti.

O‘yin oxirlarida Golban jarohat oldi. Uning holati qanday?

Bu borada shifokorimiz bilan hali to‘liq gaplashmadim. MRT qilgach hammasi oydinlashadi deb o‘ylayman. Menimcha, bu jarohat og‘ir emas. Tez orada safimizga qaytishiga umid qilamiz.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!