Glasnerrrrrr
Savonaning jarohati haqida: «Uning tizzasida bir nechta noxush holatlar va reaksiyalar kuzatilgandi, ammo hozir reabilitatsiya jarayoni juda sekin bo'lsa-da, rivojlanmoqda. Ayni damda hammasi reja asosida ketyapti.»
Shuningdek, Oliver Glasner tarkibda boshqa jarohatlar yo'qligini tasdiqladi.
Usmon Diomande haqida: «Usmon Diomandega vaqt kerak edi. Hozir biz uning har bir mashg'ulotda o'sib borayotganini ko'ryapmiz. Uning mavsumoldi tayyorgarligi ham uzilib qolgandi.»
Glasner Makati va Shlagerga yuqori baho berdi:
«U (Makati) «Liverpul» va «Tottenxem»ga qarshi ikkita ajoyib o'yin o'tkazdi... Ayta olamanki, ularning ikkisi ham raqib yarim himoyasi bilan bir xil darajada o'ynadi, Ksaver va Jeymsga katta shaxsiy rahmat.»
Tarkib haqida:
«Har bir pozitsiya ikkita o'yinchi bilan to'ldirilgan. Bizda ko'plab variantlar bor, bu quvonarli. Yangi futbolchilar yaxshi ishlamoqda va biz ularning har hafta mashg'ulotlarda qanday harakat qilayotganini ko'rib turibmiz. Ksaver Shlager hozirgi paytda qanchalik ijobiy ahamiyat kasb etayotganini ko'ryapmiz. Biz hamma joyda kurashmoqchimiz.»
Sangare oxirgi o'yindan oldin mashg'ulot o'tkazdi, ammo qaydnomaga kira olmadi. Shanba kuniga kelib, futbolchi maydonga tusha oladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!