Pep Chavarría «Chelsi» futbolchisi sifatidagi ilk intervyusini berdi. Asosiy fikrlar:
O'zi haqida:
Inson sifatida juda do'stona va ochiq ko'ngilman. Futbolchi sifatida esa ham hujumda, ham himoyada ishlashni, jarima maydonchasidan jarima maydonchasigacha yugurishni yaxshi ko'raman. Men intensiv o'yinchi hisoblanaman. O'ylaymanki, bular mening asosiy sifatlarim.
Xabi bilan suhbat haqida:
Men bu yerda Xabi tufayliman. Men uchun u ayni damda dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri, o'z vaqtida esa eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lgan. Bu yerda bo'lish men uchun katta sharaf. Men Xabi bilan gaplashdim va u menga: «Shu ruhda davom et, hech narsani o'zgartirma», dedi.
«Chelsi»dagi sevimli futbolchilari haqida:
Bolaligimda Drogba va Lempardni kuzatardim. «Chelsi»ning «Barselona»ga qarshi o'yinlari yodimda – men doim ushbu klubni kuzatib borganman.
«Chelsi»dagi maqsadlari haqida:
«Chelsi» doimo barcha sovrinlar uchun kurashishi kerak. Bu Londonning eng yaxshi klubi. Biz ko'p ishlashimiz kerak va o'ylaymanki, bunday saviyadagi o'yinchilar bilan bunga erishish mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!