Rafael Leau kelajagi «Milan» transfer bozoridagi asosiy mavzulardan biri bo'lib qolmoqda.
«Galatasaroy» futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha 35 million yevro taklif qilmoqda. «Milan» esa o'z talabini 40–45 million yevrogacha pasaytirdi.
Yanada qiziqarliroq variant — «Chelsi». La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, agar Pedro Netu «Al-Hilol» yoki «Manchester Siti»ga o'tib ketsa, Leau uning o'rnini egallashi mumkin.
Juma kuni Leau Jerri Kardinale bilan uchrashishi kutilmoqda. Ko'rinishidan, ushbu voqealar rivoji yakuniga yetib qoldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!