📰 AS xabariga ko'ra, "Real Madrid" hamon turli yarim himoyachilarni kuzatishda davom etmoqda. Ayyub Buaddi ("Lill"), Ruben van Bommel ("AZ Alkmaar") va Adam Uorton ("Kristal Pelas") klub nishonida qolmoqda.
Ammo hozirda "qaymoqranglilar"ning yarim himoyadagi muammolarni hal qilish bo'yicha asosiy rejasi — Bernardu Silva. Joze Mourinyu uni Tchuameni bilan birga tayanch zonasida o'ynatishni rejalashtirmoqda.
"Real Madrid" ustozi Bernardu jamoa o'yinini chuqurlikdan boshqara olishiga ishonadi. Qolaversa, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi Mourinyu "Real" rahbariyati bilan muzokaralar chog'ida shaxsan o'zi transfer qilinishini so'ragan ilk futbolchi hisoblanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!