🎤 Pikon (sobiq Relevo jurnalisti):
"Madrid"ning asosiy maqsadi — kelasi yozda Vinisiusning klubdan erkin agent sifatida ketib qolishiga yo'l qo'ymaslik. Shu sababli, "qaymoqranglilar" bir muddat avval vingerning agentlari bilan muzokara stoliga o'tirishdi va klub braziliyalik futbolchini saqlab qolishni istasa-da, agar o'yinchi jamoani tark etishni xohlasa, unga yordam berishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi. Qanday qilib? Vinisiusga uning transferidan tushadigan mablag'ning bir qismini taklif qilish orqali.
"Arsenal" Vinisius uchun 150 million yevro to'lashga tayyor bo'lgan taqdirda, "Real Madrid" futbolchining klubdan ketishini osonlashtirish uchun unga transfer summasidan ma'lum bir foizni ajratib berishi mumkin. Bu variantda barcha tomonlar yutadi: Vinisius shartnoma imzolash bonusi oladi, "Madrid" o'z yetakchilaridan birini tekinga boy bermaydi, "kanonirlar" esa yulduz futbolchini erkin agentga aylanishini kutmasdan, shu yozdayoq o'z safiga qo'shib oladi.
📻 Cope xabariga ko'ra, "Madrid"da Vinisiusning kelajagi borasidagi masalani cho'zishni istashmayapti. Klubda ushbu vaziyatga yaqin ikki hafta ichida yakuniy nuqta qo'yish rejalashtirilgan. Tomonlar yo shartnomani uzaytiradi yoki futbolchi yangi bitim imzolamasdan "Madrid"da qoladi va boshqa jamoalardan tushadigan takliflarni ko'rib chiqishi mumkin bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!